Go'zal uzbek qiziga, O'rangan oy yuziga, Quvonch to'lib ko'ziga, Onalik nasib qilsin.
Borib yorning uyiga, Yarashib yor bo'yiga, Yetib beshik to'yiga, Onalik nasib qilsin.
Tunlari bedor bo'lib, Yorini baxtga ko'mib, Uyi nurlarga to'lib, Onalik nasib qilsin.
Vaqtini o'zing bilib, Lek qo'yma kechiktirib, Tunda allalar aytib, Onalik nasib qilsin.
Opa-Singil bariga, Shifo bergin dardiga, Yetib ona qadriga, Onalik nasib qilsin!!!
|
Ayolga baxt bering, saodat bering, Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib. Ayol kulib turib o'lishi mumkin Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering Gar ko'zlari kulib tursada, Bo'g'zining ostida necha ming hasrat Oy yuzlari kulib tursada.
Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda Qo'lini silashga sharofat toping. Yig'lab turganida hech bo'lmaganda, Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli, Bosib o'tmaslikka shafoat toping. Ayolga baxt bering , saodat bering Tog' qimirlab, toshlar so'zga kirsada, Ayolga baxt bering, saodat bering Oltmishga kirsada, yuzga kirsada!
|
Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying, O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz. Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor, Ostonada poylab turgan eshigingiz.
Sizning sarmast xayolingiz ketgan balkim, Chaman aro ochilgan bir go’zal gulga. Mehringizni berdingizmi, tongga qadar, Yo’lingizni poylab chiqqan munis dilga.
Bu g'animat kunlar esa o’taverar, Ostonada mangu qolmas sarg'ayib dil. Boshingizni silagan bu qo’llar uchun, Imkon topib uzating siz, bir dona gul!
|
Otam Ey umrim javhari davlatim Otam Dillari quyoshdur mehribon Otam Sizga izdoshdurman abadul-abad Shul sabab ko'nglim shod g'rurim Otam Bu dunyo sinovli yolg'onchi dunyo O'tgaydur umrlar misoli daryo Do'st degan ulfatim bo'lsada ammo Bo'lolmas siz kabi dartkashim Otam Sizning-la bordurman ichra keng jahon Shukrumni e'shitsin ul buyuk Rahmon Qalbingiz og'ritib bo'libman nodon Doimo kechirgan rahimli Otam Bog' ichra gurkirar chamanzor ravon Tinmagay har nafas mehnatkash bog'bon Mehnat ila ayladiz siz meni inson Siz mening qo'li gul bog'bonim Otam Bilsangiz yurarman osmonda doyim Siz borsiz omondur ko'kdagi boshim Shubha yuq aytarman har yerda so'zim Tog' kabi sarviqor osmonim Otam Joningizga jon bo'lolmas afsus bu jonim Bo'lsa e'di berardim sizga bor umrim Insho Olloh ko'rgaysiz gullagan bog'im Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!! Qurbon
|
Yuragimni, bir his o'rtaydi,Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
...
Читать дальше »
|
Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang, Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha. Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar bo‘lsang,
...
Читать дальше »
|
Дунёни ташвишин бир четга суриб Энг кўхна оханглар эсга олинса, Хар қандай тош қалб хам кетарди эриб
...
Читать дальше »
|
Бўйга етиб қолди деб қизим,Оналарни босар вахима.Сеп йигишар туғилганидан,
...
Читать дальше »
|
Юзсиз, бадбахт она дастидан,Зор йиғлади ҳаёт бешиги.Тақиллади ярим кечада
...
Читать дальше »
|
|