: Ayolga baxt bering, saodat bering - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Ayolga baxt bering, saodat bering
18:20
Ayolga baxt bering, saodat bering
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o'lishi mumkin
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering
Gar ko'zlari kulib tursada,
Bo'g'zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursada.

Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda
Qo'lini silashga sharofat toping.
Yig'lab turganida hech bo'lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli,
Bosib o'tmaslikka shafoat toping.
Ayolga baxt bering , saodat bering
Tog' qimirlab, toshlar so'zga kirsada,
Ayolga baxt bering, saodat bering
Oltmishga kirsada, yuzga kirsada!
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2122 | Добавил: djsheroz | Теги: saodat bering, Ayolga baxt bering | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: