Dunyoda borsizki aziz insonim, Olamni shodlikka to’ldirib yashang! Siz bilan hamsuhbat bo’lgan har dilni, Chehrasin quvonchga to’ldirib yashang!
|
OLLOH uyingizga nur, Qalbingizga huzur, Oilangizga baxt, O'rningizga taxt, Ishingizga omad, Qo'lingizga daromad, Yaqinlaringizga quvonch, Bir-birimizga ishonch ato etsin!
|
Sokin tunda bezota qilib, Eng so'nggilar safida bo'lib. So'zlarimni guldasta bilib, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
|
Ko'ngil uyi bog' bo'lsa, Tan-u jonlar sog' bo'lsa, Qaddimiz baland bo'lsa, Shuning o'zi BAXT erur!
Qo'l oyoqning yurgani, Ko'zning ravshan ko'rgani, Yuragingiz urgani, Shuning o'zi BAXT erur!
Ota-ona borligi, Molu-davlat yorligi, Sizga kimdir zorligi, Shuning o'zi BAXT erur!
|
Baxor chechaklari bo'lsin armug'on, Siz nurli insonsiz baxtli begumon, Bayramla qutlayman bo'ling shodumon, Har kuningiz o'tsin bayramday har on!
|
Qalbingiz hamisha quvonchga to'lsin, Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo'lsin, Har bir kuningizga Olloh fayz bersin, Bugungi ayomiz muborak bo'lsin!
|
Muborak ayyomning tiniq tongiday, Musaffo ranglarga to'lganda borliq. Xushbo'y tabiatning yetti rangiday, Osmon gardishida qolganda yorliq. Eng porloq tuyg'ularni tilayman sizga, Eng shirin orzularni tilayman sizga. *** bo'lsin muborak!
|
|