: ota ona xaqida sherlar - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar
Ming azobda o'tmoqda kuni,
Buni bilardi tanho uzi.
Yig'laydi mungli közlari jim,
Ota mehrin kurmagan dili..

Ovutmoq istar shurlik ona,
Yarador kungli tulmaydi hech.
Dardga tulib yig'laydi bola,
Tanadagi chandiq ketmaydi hech.

Yosh boshiga tushdi köp azob,
Kulgan köngli bôldiku xarob,
Faqat yig'lar ezilib hinob,
Ota mehrin kurmagan bola

Yosh boshida yorildi toshlar,
Tag'dir soldi shunday azoblar,
Kechalari tinmaydi yig'lab,
Ota mehrin kurmagan közlar.

Yolvoradi tangriga yig'lab,
Öz yuragini özi tirnab,
Aybim meni nimaku dedi?
Ota mehri kurmagan bola


Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2339 | Добавил: monika | Дата: 24.07.2014 | Комментарии (1)

ЯШАЙДИ ОНАМИЗ БИЗЛАРНИ 
УЙЛАБ,ТУНУ КУН ХУДОДАН 
БАХТИМИЗ СУРАБ ОНАСИЗ 
КОЛГАНЛАР ТУЙМАЙДИ ЙИГЛАБ, 
ОНАСИЗ ХАЁТДА ЯШАШ 
БОШКАЧА.ОДАМДА МАРТАБА ОБРУ 
БУЛСАХАМ,КУЛИДА МИЛЛИОНЛАБ 
ПУЛИ БУЛСА ХАМ ЁНИДА ОТАСИ 
ХАЁТ БУЛСА ХАМ ОНАСИЗ ХАЁТДА 
ЯШАШ БОШКАЧА.ОНАЛАР ДОИМО 
ХУРМАТДА БУЛСИН,ФАРЗАНДИ 
БАХТИНИ АЛБАТТА 
КУРСИН.ЕТИМЛИК ДАРДИНИ 
АЗОБИ КУРСИН,ОНАСИЗ ХАЁТДА 
ЯШАШ БОШКАЧА ЕТИМЛИК 
ДАРДИНИ ЕТИМ БИЛАДИ,УНИНГ БУ 
ДУНЁСИ БИР КАМ БУЛАДИ УЗИДАН 
УТГАННИ УЗИ БИЛАДИ,ОНАСИЗ 
ХАЁТДА ЯШАШ БОШКАЧА.ОНАНГИЗ 
УМРИГА УМР ТИЛАЙМАН,БИР УМР 
ТУГАЛМАС БАХТНИ ТИЛАЙМАН 
ОНАСИЗ ХАЁТДА ЯШАШ БОШКАЧА.
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2740 | Добавил: monika | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Nega homush turibsan, 
Shukur qil bu " shoda"ga. 
Ekkaningni o'ribsan, 
Qiz mehribon otaga. 
Chaqirsang labbay deydi, 
Yoninga chopay deydi. 
Ko'nglingni topay deydi, 
Qiz mehribon otaga. 
Bersang yahshi tarbiya, 
U Zulayho, Zulfiya, 
Jannatga pilapoya, 
Qiz mehribon otaga. 
O'gil quvat belinga, 
Lek chidolmas fe'linga. 
Kuning qolar kelinga, 
Qiz mehribon otaga 
Ketsang yig'laydigan shu, 
Bag'rin tig'laydigan shu. 
Merosxor ham keragu, 
Qiz mehribon otaga. 
Umr borsa bir asr, 
Aylanadi to'rt fasl. 
O'gilmi qiz bir nasl, 
Qiz mehribon otaga. 
... Читать дальше »
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2962 | Добавил: monika | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Соғиндимку Онажон......
Юзларизга юзим боссам юзиз бурманг Онажон
Тушларимда қўлиз ўпсам қўлиз олманг Онажон
Мен бир ғариб дили пора ғам аламда юрибман
Ғам аламлар адо қилди соғинганман Онажон

Кошки ғамгин пайтларимда бошим узра қўллариз
Кошки дунё азоб берса мадад берса сўзлариз
Бугун соғинч ёшлар тўкдим соғинтирди йўллариз
Сизни эслаб сўзларингиз дилпораман Онажон

Жахон кездим йиллар ўтди келди оғир кунларим
Атрофимда ёри дўст йуқ ойсиз ўтди тунларим
Сиз эдиз сиз қоронғуда ёритгувчи йўлларим
Бир тасалли топмадим мен вайронаман Онажон

Сирларимни айтар эдим ичим тўлиб кетганда
Йўлинг топгин болам дердиз сенга имкон етганда
Имкон етди йўлим топдим Тангри бахтим берганда
Бахтим бўлди, узоқдасиз, сизсиздурман Онажон

Йўлга чиқсам "Майли ўғлим Ўзинг асра" дер эдиз
Мен кетардим узоқлардан менга боқиб турардиз
Уйга борсам болажоним деб юзимдан ўпардиз
Энди иссиқ бағрингизсиз музлаганман Онажон

Онажоним, Онажоним, Онажоним, мехрибон
Йўлларимни кутган уша мехрибоним Онажон
Йиғламанг, деб"қайда қолдинг-қайга кетдинг болажон"
Бағри муз - тош Қурбонингиз узоқларда Онажон.
Қурбон
             
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 1905 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

So’zlasam tugamas sog'inchning dardi,
Ayrilsa bilinar insonning qadri,
Ko'rishmoqqa chora izlayman hamon,
Sizni ko’rgim kelar har nafas har on!
             
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2026 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so'zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo'lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo'lsin eng shirin so'zim
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 1081 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.

Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.

Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...

Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.

Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...

Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2093 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Topmoq - yo`qotmoqdir,
Yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib,
Men yashab,
To`lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko`proq yo`qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig`latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Sog`inch haqda she`rlar
Yozdim o`zimcha,
Mendan peshonangda
Dog`lar tizimcha.
O`g`il bo`lmay o`lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug`sang netardi,
Ko`proq qiz tug`sang!..
Tirgak bo`lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo`l qarab bo`ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko`zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo`qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O`z etimni o`zim
Yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo`limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig`aymi,
O`tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko`k ag`daraymi?..
Itdek oyog`ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo`nishimga boq.

Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O`lim oldida ham
G`amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko`nishimga boq.

She`rim bitdi,
Xayir,
Do`stlar xush qoling.
Bedil yashamakka ... Читать дальше »
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2157 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam.
Bolang bo`lib bir bora boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi,
Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman kutasan sandan to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom.
Senga na gul berdim na shirin kalom,
Endi men ham o`g`ilmi onam?...
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas...
Ahir mening dardim she`r emas faqat,
Men mashhur shoirmas, mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi ayt?...
Shaning she`r bitdim. U seni topsin,
Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`in borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin.
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 915 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Fayzidan xonadon orasta bo`lar,
O`smalar qoshiga payvasta bo`lar.
Gullar qo`llarida guldasta bo`lar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Vafodor yoriga sadoqati bisyordir,
Kimlar unga yor, kimlardir ag`yordir.
U shunday oqila, shundayin yordir,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Kimlar ko`nglin olib qadriga yetar,
Kimlardir xor qilib tashlab ham ketar.
Farishtalar unga savoblar bitar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.

Allomalar atab g`azallar bitgan,
Sevganlar qo`liga gullarin tutgan.
Ne - ne daholar ham yetolmay o`tgan,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 2386 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 »