22:18 Qiz mehribon otaga | |
Nega homush turibsan, Shukur qil bu " shoda"ga. Ekkaningni o'ribsan, Qiz mehribon otaga. Chaqirsang labbay deydi, Yoninga chopay deydi. Ko'nglingni topay deydi, Qiz mehribon otaga. Bersang yahshi tarbiya, U Zulayho, Zulfiya, Jannatga pilapoya, Qiz mehribon otaga. O'gil quvat belinga, Lek chidolmas fe'linga. Kuning qolar kelinga, Qiz mehribon otaga Ketsang yig'laydigan shu, Bag'rin tig'laydigan shu. Merosxor ham keragu, Qiz mehribon otaga. Umr borsa bir asr, Aylanadi to'rt fasl. O'gilmi qiz bir nasl, Qiz mehribon otaga. | |
|
Всего комментариев: 0 | |