: Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!... - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
18:25
Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam.
Bolang bo`lib bir bora boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi,
Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman kutasan sandan to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom.
Senga na gul berdim na shirin kalom,
Endi men ham o`g`ilmi onam?...
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas...
Ahir mening dardim she`r emas faqat,
Men mashhur shoirmas, mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi ayt?...
Shaning she`r bitdim. U seni topsin,
Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`in borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin.
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!...
Категория: ota ona xaqida sherlar | Просмотров: 911 | Добавил: djsheroz | Теги: Endi men ham senga ogilmi, Onam!... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: