Azon aytsa - Muazzinlar uxlamasdan, Bizni o'ylab, o'zlarini o'ylamasdan, Men bo'lsachi, yotaverdim uyalmasdan, Bugun yana bomdodga men turolmadim. Mahallada osh bor, desa sahar turdim, Nafsim uchun har tarafga qarab yurdim, Birodarlar, nafsimni hech tiyolmadim, Bugun yana bomdodga men turolmadim. Ishladim, deb charchaganim ro'kach qilib, Aslidachi, iymonimni karch-karch qilib, Bu dunyoga o'zim hech ham to'yolmadim, Bugun yana bomdodga men turolmadim. Birodarlar, oxiratdan xabar topib, U dunyoga tayyorgarlik qildingizmi, Meni qarang - hammasini bilib turib, Bugun yana bomdodga men turolmadim. Do'st bo'lsangiz, haqqimga siz duo qiling, Jannatlarni siz menga ham ravo ko'ring, Ko'rinmading masjidda, deb so'rab qo'ying, Bugun yana bomdodga men turolmadim. To'rt vaqtlik namozni men barpo qilib, Ertalabki barakotni rasvo qilib, Namozni uyqumdan ustun qo'yolmadim, Bugun yana bomdodga men turolmadim. Nasihatlar qiling menga - ko'zing och deb, Gunohdan qoch, jannat eshiklarin och deb, Alloh uchun bergin endi, boring soch deb, Bugun yana bomdodga men turolmadim. |
Tush ko'raman seni tunlari,
Yonginamda bo'lasan paydo. Silash uchun mayus yuzlarim ... Читать дальше » |
Qalbingda allohning kalomi bo’lsin,
Tilingda ezgulik salomi bo’lsin, Omad senga bo’ytumor bo’lsin, |
Jonim baxtli bo'lsangiz yetar,
Ortiq narsa darkormi menga. Shod bo'ling siz armonsiz ketay, ... Читать дальше » |
Оҳ.. Оҳларга тўлиб кетди сув,
Қуёшга қарайман ботаяптими? Кўмилиб кетяпти уҳам мен каби ... Читать дальше » |
|
Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi. Ko'nglim har on, sizni qumsaydi, ... Читать дальше » |
Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang,
Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha. Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar bo‘lsang, ... Читать дальше » |
Kechish mumkin bahordan kuzdan
Nega baxtga yetib bo‘lmaydi. Mayli kechay oy-u, yulduzdan ... Читать дальше » |
Bugun sevgi yana bir bor kelib ketdi.
Jondey mayus közlarimni yoshlab ketdi. Yurakinam azob u ozorlardan töyib ketdi. ... Читать дальше » |