: Mani yorim... - 19 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 19 » Mani yorim...
23:32
Mani yorim...
Tush ko'raman seni tunlari, 
Yonginamda bo'lasan paydo. 
Silash uchun mayus yuzlarim 
Sen kelarsan chin dildan shaydo. 

Ayt, qaydasan, yaqinmi-yiroq, 
Yuragimni ostidami yo, 
Vujudimda tinmaydi titroq, 
Seni qo'msab, bo'ldim-ku ado... 

Oppoq gulday oydin hotira 
Ziyo sochgan oqshomdadirman. 
Unitilmas, yorqin, bokira 
Hislar toshgan ayyomdadirman. 

Hayr deya ayta olmasman, 
Ko'zimda yosh, ko'nglimda to'fon. 
Sendan bir zum ayro qolmasman, 
Ishqing bilan saqlagayman jon. 

Tush ko'raman seni tunlari, 
Yonginamda bo'lasan paydo...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2840 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: