: Kechib bo`lmaydi - 19 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 19 » Kechib bo`lmaydi
01:50
Kechib bo`lmaydi
Kechish mumkin bahordan kuzdan
Nega baxtga yetib bo‘lmaydi.
Mayli kechay oy-u, yulduzdan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Oshiq bulbul gulga to‘ymaydi,
Kim sevganda yonib sevmaydi,
Ishqli so‘zlar dilda qolmaydi,
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Kechdim! 
Kechdim bugun hatto ertamdan,
Nahot ko‘ngil sizga yetmaydi.
Men kecharman mayli o‘zimdan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Nigohlarim unsiz so‘zlaydi,
Orzularga yetib bo‘lmaydi.
Kechdim hatto dunyo dardidan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.

Sog‘intirib sevdirganim o‘zingiz,
Sizga bir so‘z aytib bo‘lmaydi.
Sevish mumkin o‘zgani lekin, 
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 3312 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: