: Архив материалов - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar
"Тимсолингда бахт йўқ” дедингиз,
Ва негадир бундан кулдингиз.
Бахт нелигин унутиб қўйган
Юрагимни ногоҳ тилдингиз.

"Кўзларингни қувончи сохта,
Тубларига маюслик инган”
Эътибордан лолман, албатта,
Ва лекин, дард тўфони тинган.

Ўзгартиролмайсиз дунёни
Ёлғиз мендан тушганда ниқоб.
Ерни чимдай чулғар риёни
Ахир сезмай чарақлар Офтоб!

Сийратимда топилмас бахтни
Қайдан асли изламоқ даркор?
Бахт дегани соғликми, тахтми,
Балки урф бўлгандек, бахт - Бозор?!

Биламан ўйларим бетизгин,
Сизни толиқтирди анчайин.
Мудроқда яшамоқ осонроқ
Саволла қийналмай дам сайин.

...сезмагандек кўкка қарайман,
Бекиқ дарддан оқмоқда йиринг.
Ва ноилож сиздан сўрайман:
"Беролсангиз, менга бахт беринг!”

"Кўзларингни қувончи сохта,
Сийратингда Бахт йўқ” дедингиз...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 991 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Dunyoda g’ozallik so’nib ketadi,
Quvnoq yoshlik ham o’tib ketadi.
Lekin ikki narsa qolur abadiy,
Biri sevgi yana biri ajralmas do’stlik.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 623 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Nafasim oxiri qolguncha,
Olloxim jonimi olguncha,
Yuragim seni deb tolguncha,
Men faqat seni sevaman.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2310 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)


Тоқатим тугади, тугади сабр,
Чарчадим ёнингга энтикавериб.
Салпора жонимга қилдим-ку жабр,
... Читать дальше »
Просмотров: 723 | Добавил: beguborim | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Yuduzlarga termulib jonim,
Uzoq-uzoq hayol suraman,
Visolingdan olaman orom,
Ishon yolg'iz seni sevaman.
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1654 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Ko'zlarim ko'r bo'lsa, ko'rmasdim seni,
Yuragim tosh bo'lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O'lsam ham baribir sevaman seni!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1633 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Muxabbat yondirdi shoir qildi ishq!
Ulgurdim to'rt qator misra, yozishga
Gumonlar salvollar, qo'ymas" meni tinch!
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
........
Mayus nigoximda ajib tasavvur,
Sevgim aytolmasman yo'l qo'ymas g'urur!
Yashaganim yolg'iz sababi sendur
O'rgandim rost yig'lab yolg'on kulishga!
Aytgin xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
..........................
Kunlar. o'tib borar, oylar birma bir,
Angladim yaralganman, faqat kutishga!
Naxot seni ravo kurmas menga bu taqdir?
Ko'zlarim mushtoqdir seni ko'rishga, !
Aytgin xaqim yo'qmi baxtli bulishga?
Ertakga ishonib xayollar surdim,
Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,
musaffo osmonım shamolın kestım,
Men o'zimdan qochdim o'zimdan bezdim!
Xech narsa arzimas dilni ezishga
Aytgin xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga
bu dunyo tuzillgan bo'lib, biri kam!
men ketsam yo'qligim bilinmas xecham,
senga baxt tilayman guzalim erkam
kelganlar maburdur yana ketishga!
faqat sen xaqlisan baxtli bo'lishga
Izlamayman boshqadan, senda ul nigox!
Niyatim seni baxtli ko'rish, guvoxim ollox
Mayli birga bo'maylik topgansan xamrox
Bu tilim ojizdir bir so'z deyishga,
Faqat sen xaqlisan baxtli bo'lishga 
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1671 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Bugun yana oldim qo'limga qalam,
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox,
Telbadek tikilib turaveraman.
Gar sizni sevishim bo'lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Mayli meni do'st deb, o'zgani suying,
Netay dilim kuyib yuraveraman.
O'zgani ishqida bir umr kuying,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Sevganim bor deb aldamang zinxor,
Rashk o'tida doim yonaverman.
Bilaman ko'nglizda o'zga yor bor,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Bugun tan beraman o'zim sabrimga,
Sizni kutib, sabrla yashayveraman.
Mayli xecham yetmang mening qadrimga,
Shunda ham men sizni sevaveraman...!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1563 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Yana o'sha alam, o'sha iztirob,
Hijron qo'llarida bo'ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig'mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O'zga yor qo'liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o'zingizni,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Baxtingiz tilashdan yo'q o'zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 773 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Mana, kunlar o'tar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana ko'rarmikanman?..

Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Do'stga do'stman doim sotib ketguncha,
Xayollar to'zg'iydi toki o'tguncha
Seni yana ko'rarmikinman?..

Tuyg'ularim yig'lar, qoladi g'ijim,
Dardu balolarga g'amhona ichim,
Xayotimda kutgan so'ngi ilinjim-
Seni yana ko'rarmikinman?..

Qo'ng'iroq chaladi umr karvoni,
Boshlaydi hayollar ajib g'avg'oni,
Tinglayman ko'nglimda yashar navoni-
Seni yana ko'rarmikinman?..
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 859 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 36 37 38 39 »