: sherlar sevgi haqida - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar
Bugun yana oldim qo'limga qalam,
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox,
Telbadek tikilib turaveraman.
Gar sizni sevishim bo'lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Mayli meni do'st deb, o'zgani suying,
Netay dilim kuyib yuraveraman.
O'zgani ishqida bir umr kuying,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Sevganim bor deb aldamang zinxor,
Rashk o'tida doim yonaverman.
Bilaman ko'nglizda o'zga yor bor,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Bugun tan beraman o'zim sabrimga,
Sizni kutib, sabrla yashayveraman.
Mayli xecham yetmang mening qadrimga,
Shunda ham men sizni sevaveraman...!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1246 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Yana o'sha alam, o'sha iztirob,
Hijron qo'llarida bo'ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig'mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O'zga yor qo'liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o'zingizni,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Baxtingiz tilashdan yo'q o'zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.


Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1687 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Dilim bo’lgan edi bitta yorga zor,
U o’zga joyda g’amga giriftor.
Men undan o’zimga dori izlasam ,
Netay tabibning o’zi ham bemor!


Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2839 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Bizni uchrashtirdi ilohiy taqdir,
O’zimdan og’rindim, ishqdan og’rindim
Agar gunox bo’lsa sizni ko’rmoqlik
Men o’sha gunohni juda sog’indim.


Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2448 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Ko'zlarim ko'r bo'lsa, ko'rmasdim seni,
Yuragim tosh bo'lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O'lsam ham baribir sevaman seni!
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1537 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

TONG CHOG’I ESADI MAYIN SHABBODA,
XIRA KO’RINAR OY HAM SAMODA.
KO’ZIMNI OCHSAM BARISI RO’YO,
TUSH EKAN SEN BORDEK YONIMDA GO’YO.
HAYOLLAR SHIRINDIR ROSTI TOPILMAS.
O’YLASANG AKSING BOR SOYANG KO’RINMAS.
MAVJLANAR VISOLING JANNATI SIYMO,
TUSH EKAN SEN BORDEK YONIMDA GO’YO.
TUNNING PARDASI OLINMAS KUNDAN,
TO’LG’ONIB CHIQAMAN UXLOLMAY BUNDAN.
UYG’ONIB QARAYMAN YANA ZIMZIYO,
TUSH EKAN SEN BORDEK YONIMDA GO’YO.
TUGAMAS TUNLAR HAM KUNNI IZIDAN,
TO’YOLMAY QUYOSH HAM OYNING YUZIDAN.
QIZIQ-A SIRLIDIR SIRLI BU DUNYO,
TUSH BO’LIB YONIMDA TURARSAN GO’YO.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2347 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Charchadim ne qilay seni ham kutib,
qo'yapman jonginam seni unitib.
eslatgan lahzalar eskirar o'tib,
kelgin yonimga bir bora kelgin.
tunlar kun kabi o'tkazgan kecham,
chiqmasdi hayoling yodimdan hecham.
ey mening dunyoda yagona qizcham,
kelgin yonimga bir bora kelgin.
kutardim ko'rolmay visoling intiq,
seni ko'ribman jonimdan ortiq.
qorlarda yozgan xatlarim olgin,
mening yonimga bir bora kelgin.
men kutgan xiyobon turardi jimib,
o'tarding menga bir nafas kulib.
qo'yaymi seni endi unitib,
kelmasang bir bora mening yonimga.
dardlarim yog'gan yomg'irga aytib,
seni deb bu yo'ldan ketaman qaytib.
topilsa qalbimga malhamlar zora,
kelaqol diyorim menga bir bora.
osmonni quchgan turnalar kelmas,
bahorim qishda ham yuragim sezmas.
seni qidirgan izlarim izmas,
bir bora kelgin mening yonimga.
shamolda tebrangan yaproqlar kabi,
yodimdan ketmasdi labingni tami.
seni sevdimmi unitishgami,
bir bora kelmasang mening yonimga.
Tomchilar yerlarga sarob bu tuyg'u,
bergani bo'ldi kulfatu qayg'u.
hushimda hush yo'q ko'zimda uyqu,
kelmasang bir bora mening yonimga.
oppoq ranglarda kunlarim sanab,
o'tmoqda umrim ham yo'linga qarab.
men uni sevardim guvohsan yo rab,
kelmasa bir bora mening yonimga.
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 894 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

FARXOD SHIRIN DOSTONDA QOLDi,
TOHIRU ZUHRO ERTAGDA QOLDI,
OYBEK NIGORA TOSHKANDA QOLDI,
BIZ HAM AYRO YURTLARDA QOLDIK!!!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 752 | Добавил: djsheroz | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Mani sevmang, man shabnamning xasmidirman,
Kuzlar qurgan go`shanganing kelinchagi.
Dunyolarning yolg`onchiroq xusnidirman,
... Читать дальше »
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 898 | Добавил: beguborim | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

Siz menga keraksiz, mehrga tashna
Borlig'imning sizga zorligi uchun.
Taqdirning ba'zida qahru zulmidan
... Читать дальше »
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 5613 | Добавил: beguborim | Дата: 22.07.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 9 10 11 12 13 ... 15 16 »