16:46 Mani sevmang.. | |
Mani sevmang, man shabnamning xasmidirman,
Kuzlar qurgan go`shanganing kelinchagi. Dunyolarning yolg`onchiroq xusnidirman, Shabbodalar olib ketgan xuv kechagi. Mani sevmang, man baxtlarga begonaman, Yomg`irlarni ko`zingizga tashib bergum. Ko`ngillarning bahorida afsonaman, Xazonimdan kuzingizga qo`shib bergum. Mani sevmang, man gullarning labidagi, G`iybatlardan to`yib ketgan mish-mishiman. Ishqqa lim-lim qadaxlarning qa`ridagi, Ayrilganlar quyib ketgan qarg`ishiman. Mani sevmang, mani sevmang, meni sevmang, Man qarog`im xaqqi ketgan xazonaman. Kipriklarda titrab turgan bir qatra ishq, Man siz uchun yaralmagan Janonaman. Mani sevmang… | |
|
Всего комментариев: 0 | |