Kechalari yo'qolgan orom, So'roqlayman seni bolishdan. Nigohlaring aylaganda rom, Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib, Charchamasdim hech ham kulishdan. Ba'zan faqat xayolga tolib, Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib, Baxtli edim birga yurishdan. Vujudimda bir nido oqib, Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar, Qarshisida turolmadim jim. Qo'rqar edim sevib qolishdan. Lekin sevib ulgurgan edim.
|
Bilmadim siz meni sevarmikansiz Men kabi sog'inib yasharmikansiz Sizga deb atalgan murg'ak qalbimni Jonginam qadriga yetarmikansiz!
|
O`n sakkizga kirmagan kim bor, Bo`g`imgdan gul termagan kim bor. Sen haqingda yozib to`rt satr, Sirdoshiga asta ko`rsatib, Qo`shni qizga bermagan kim bor.
Dastlab har kim qalam olgan on Yonib seni kuylar begumon. Maskan qurib har bir ko`ngildan, Oshiqlarni qoldirib tildan, Shoirlarni qilursan biyron.
Tushdim chog`i men ham domingga, Ezgu hislar baxsh etding menga, Hayotimga zar lavha bo`lding, Ilk she'rimga sarlavha bo`lding, Xayollarim ulfatdir senga.
Yuragimda his etdim qanot, Tilsim kabi ochilur hayot, Visoldagi damlarim shirin, Hijrondagi g`amlarim shirin, Kulib boqar menga koinot...
O`n sakkizga kirmagan kim bor, Bog`ingdan gul termagan kim bor...
|
Для чего мы живём? Что за странный вопрос? Для того, чтобы жить! Ну, а если всерьёз?! Ну, а если всерьёз, Мы живем, чтоб любить! Что бы счастье и радость Друг другу дарить! А, что такое любовь? Что за странный вопрос? Ведь любовь - это мир! Ну, а если всерьёз? Ну, а если всерьёз, Это мир наших встреч! Мир, который должны Мы всем сердцем беречь. От непрошеных слёз, От случайных обид, От завистливых глаз, От наветов чужих... Чтобы внуки и правнуки Знали всегда: Без взаимной любви Не прожить НИКОГДА!!
|
Любовь не делится на Ты и Я, Любовь она всегда одна! Одна искра, один костер, Одна постель, один шатер… Она не требует, Она дает, Не убегает и берет… Не заставляет, не кричит, Уносит, возвышает и смешит… Она сближает, делает мудрей, И отличает нас от птиц и от зверей... Роднит нас сердцем, разумом, душой… И ей неведом пустоты, Любовь не делится на Ты и Я, Любовь она всегда одна! Одна искра, один костер, Одна постель, один шатер… Она не требует, Она дает, Не убегает и берет… Не заставляет, не кричит, Уносит, возвышает и смешит… Она сближает, делает мудрей, И отличает нас от птиц и от зверей... Роднит нас сердцем, разумом, душой… И ей неведом пустоты покой… Прекрасна, уязвима, дорога… Так береги ЕЕ... пока Она жива!!!
|
Sen bilan faxrga to'lar yuragim, Sen uchun yonaman kuyib o'laman, Sen uchun qalbimda ezgu tilagim, Sen mening yaqinim, dardim yuragim!
|
Alloh sevgan bandasiga berar muxabbat, Bu tuyg'u, yurakda yashar to abad. Shukrona aytaman berdi menga ham, Allohim ayanchli, go'zal muhabbat.
Hayotim, sevgilim, go'zalsan, faqat Nega endi taqdir, bizga beshavqat? O'ksinma...! Kun kelib bo'lamiz baxtli, Ungacha qilamiz, sabr-u toqat.
Meni mag'zun yuragim, senga poymona, Qalbimda yashaysan, yolg'iz yagona. Ishqingda yonaman, umrbod, hargiz, Ko'z ochib ko'rganim, o'zingsan Nargiz.
Taqdirimiz ayanchli, qiynaldim dema, Men bormanku axir, jonim g'am yema. Lablarimiz emas, qalb qilsin suhbat, Alloh bizga berdi, go'zal muhabbat...!
|
Bulut to'kar ko'z yoshin yig'lab, Termulaman uzoqlarga jim, Hayol ichra deyman shivirlab, SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!
Sen men uchun eng go'zal hayot, O'zingdursan qalbdagi sirim, Yuragimdan otilar faryod, SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!
O'chog'iga ishqdan o't qalab, O'rtanadi bu g'amgin dilim, O’z-o’ziga deydi shivirlab, SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!
Yuragimning har urishida, Takrorlanar qadrdon ism, Yig'lab deyman hatto tushimda, SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!
Aytolmasman kelsak yuzma yuz, Balki ko'nglimdagi dardlarim, Ko'zlarimda namoyon shu so'z, SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!
Mayli taqdir ko'rmasin ravo, Sening bilan yashaydi sevgim, Yoqtirsinlar yonsinlar ammo, SEVOLMASIN MENINGDEK HECH KIM!!!
|
Daraxt bargin yo'qotsa bir bor, Qaytib topar kelganda bahor. Inson baxtin yo'qotsa bir bor, Qaytib topmas kelsa ham bahor!
|
Baxt gul emaski uzib ko'rgani, Yo sharbat emaski tatib ko'rgani. Baxt sevgidir, orzu va tilak, Unga yetishmoq uchun kurashmoq kerak!
|
« 1 2 ... 7 8 9 10 11 ... 15 16 » |