: SEVGI - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » SEVGI
17:59
SEVGI
O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bo`g`imgdan gul termagan kim bor.
Sen haqingda yozib to`rt satr,
Sirdoshiga asta ko`rsatib,
Qo`shni qizga bermagan kim bor.

Dastlab har kim qalam olgan on
Yonib seni kuylar begumon.
Maskan qurib har bir ko`ngildan,
Oshiqlarni qoldirib tildan,
Shoirlarni qilursan biyron.

Tushdim chog`i men ham domingga,
Ezgu hislar baxsh etding menga,
Hayotimga zar lavha bo`lding,
Ilk she'rimga sarlavha bo`lding,
Xayollarim ulfatdir senga.

Yuragimda his etdim qanot,
Tilsim kabi ochilur hayot,
Visoldagi damlarim shirin,
Hijrondagi g`amlarim shirin,
Kulib boqar menga koinot...

O`n sakkizga kirmagan kim bor,
Bog`ingdan gul termagan kim bor...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 653 | Добавил: djsheroz | Теги: sevgi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: