Мендек севмайди... Kechiringiz, ishqli nigoh ila endi qaray olmayman, Ketgan bo'lsangizda sizga yomonliklar tilay olmayman... Qalbda mehmon bu ishqning boshin ortiq silay olmayman, Kechiringiz... Avf etingiz unutmoqni istay olmayman... Borligingiz sevinchim, baxtingiz baxtim, Sizni sevmog'im bu - eng shirin axtim.... Zaminlarga sochursizmi shu yarim baxtim... Mendayin noshudni ravo ko'rmang o'zingizga... Loyiq erursiz to'kis baxtning ulug'iga, Yurmang zinhor shaytonlarning yo'rig'iga. Sevgi tuting ko'ngli yarimmas, to'lig'iga, Ishqingizga yorim zinhor arzimasman men. Ko'zlarimning gavhari bo'lsangiz nogoh, Abad kiprigimla asrardim sizni, Dunyo g'amlaridan bo'lmasdim ogoh, Umrbod yumib ham yashardim ko'zni... Gar ko'ksimdagi yurak siz bo'lsangiz, Tanho men yashashim uchun urib tursangiz... Shundagina bir qatra ham yig'lamas edim, Sizdek bebaho yurakni aslo tig'lamas edim... To'yib qolsangiz bir kun bevafolar makridan, Quvilsangiz shubha-gumon shahridan... Aslo cho'chimang Sirli_qizning qahridan, Shu damda ham u sizni k
...
Читать дальше »
|
Daryo suvin oy baliqlar ichgani yo'q, Falak sirin hali birov yechgani yo'q. Gohi ketar eslaganda alam qilib, Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q. Har qadamda sevmaganga ko'ngilsiz, yor, Kech bo'lganda qadrim bilib yig'laaysiz, yor. Zar azizmi, sevgi aziz bilmaysiz, yor, Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q. Endi yo'qdir yurakka o't yoqishingiz, O'ylantirar ammo ma'yus boqishingiz. Baxtli bo'ling, ginam yo'qdir sizga hargiz, Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q. |
Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak, Yurak yolg`izlikning yagona quli. Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak, So`lganida oliy orzular guli, To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Men-ku har narsaga chidamas bir jon, Kim uchun shubhali totguvchi nonim. Ulkan davralarda har lahza, har on G`iybat o`rtasida turganda nomim, O`lchanib qolganda har bosgan izim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot, Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo. Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot Eng kichik baxtdan ham etganda judo, O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? |
Meni bir bor eslagin gulim Qalb manzili olis bo'larkan Endi senga yitmaydi qo'lim Kulmay qolsa agar lablarin Meni bir bor eslagin gulim |
Muhabbat nima u? xech bilolmadim, Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi. Sevdimu o`zimga lek kelolmadim, Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi? Gohida sevinib o`zimdan- o`zim, Kechalar telbadek mijja qoqmadim. Gohida aldanib bo`zarib yuzim, Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim. Gohida yuragim, gohida u qiz, Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim. Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz, Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim. Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir, Zerikdi qalbimda uzoq qolishga. So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir, Endi urinmasman ko`ngil olishga. Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham, Uzun kechalarda uxlarman beg`am. Unga baxt tiladim, u menga omad, Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am. |
Men Sizni Sevaman soylarda oqib, Dengizim, Siz tomon suzaveraman. Men Sizni Sevaman Majnun misoli, Sahrolarda kezib izlayveraman. Men Sizni Sevaman quyosh misoli, Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong. Men Sizni Sevaman oftob misoli, Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom. Men Sizni Sevaman sherlarim bilan, Yuragim xonishi baytlarda oshkor. Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan, Faqat Sizni qo'msar takror va takror... Men Sizni Sevaman har dam sog'inib, Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang. Kutganim, kutaman to diydorgacha, Baxtim deb, gulim deb meni erkalang. Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq, Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz, Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq, Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz. Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha, Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam. Men Sizni Sevaman umr o'tguncha, Muhabbat dardini tark etolmasdan. Men Sizni Sevaman qush kabi uchib, Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan. Uchaman, uchaman samoni quchib,
...
Читать дальше »
|
Jonimga malham yo'q so'zizdan bo'lak, Borlig'im aks etgan ko'zizdan bo'lak. Dunyoni unutay hamrohim bo'ling, Hech narsa kerakmas o'zizdan bo'lak! ***** Уртаниб сен мени севмайсан дема. Мен сени севаман жону-дил билан. Дил билан севаман лекин ранжима. Айтиб беролмайман уни тил билан. ***** КУЛСАЛАР МЕН ОШУГУ ЗОРГА. КУНГИЛ БЕРМОК ГУНОХИМ ЁРГА. ОСАЛАР ХАМ 1000 ТА ДОРГА. ЯНА КАЙТИБ СИЗНИ СЕВАРДИМ |
Nahotki sen meni sog‘inmay qo‘yding, Chin sevgimni sotib ketgan mahbubim. Ishonmam sizga deb dilimni o‘yding, Nahotki javobsiz qolsa maktubim. Tun hijron, kunlarim to‘ldirar armon, Ushalmay qoldimi qilgan axtlarim. Dardimga izlaymay tinmayin darmon, Afsuski javobsiz qolgan xatlarim. Nigohing qidirib izlayman tundan. Qalb to‘la sevgimiz nahot o‘ldimi. Balki mehrni kam beroldim undan, Bir bor javob yozish qiyin bo‘ldimi. Dardimga birgina tun bo‘lar malham,
...
Читать дальше »
|
Eh ko'zimga to'ldi yosh, Yig'lolmasam netayin? Visolingga qalamqosh, Yetolmasam netayin? Shuncha sevib bir seni, Aytolmadim netayin? Bugun ko'zda yoshingni, Artolmadim netayin? Ko'zlarimga boqolmay, Deding to'yim bo'lyabdi, Otam meni eshitmay, Bir yigitga beryabdi. Qanidi kar bo'lib qolsam, So'zlaringni eshitmay qolsam, Eh qanidi mening jonginam, Shu so'zlarin eshitmay o'lsam! |
Sevgi nima? degan savolga Har kim javob berar o``zicha Ba``zilarga u o`yinchoq tuyg`u Ayrimlar der "Sevgi bu-og`u. Xayotida sevgila yashab Sevgi bilan o`lganlar qancha Ana shular sevgi qadriga Yetgandirla oxirigacha. Menimcha sevgi juda Oliy, buyuk tuyg``udir Sevib qolgan odamlar Juda baxtli insondir. Sevib yashash xayotda Eng oliy baxt dunyoda Sizlar xam bu tuyg``uni Xurmat qiling xayotda. |