: Muhabbat - 26 Июня 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Июнь » 26 » Muhabbat
19:35
Muhabbat
Muhabbat nima u? xech bilolmadim, 
Yurakda uyg`ongan otash tuyg`umi. 
Sevdimu o`zimga lek kelolmadim, 

Boshimga bitilgan g`ammi, qayg`umi? 
Gohida sevinib o`zimdan- o`zim, 
Kechalar telbadek mijja qoqmadim. 
Gohida aldanib bo`zarib yuzim, 

Nafratdan ko`p kunlar unga boqmadim. 
Gohida yuragim, gohida u qiz, 
Sevdimmi? Undan xech voz kecholmadim. 
Aldandim, qiynaldim, o`rtandim yolg`iz, 

Bu sevgi jumbog`in lek yecholmadim. 
Ammo kunlar o`tib, sevgi negadir, 
Zerikdi qalbimda uzoq qolishga. 
So`ngra g`oyib bo`ldi ketdi qaygadir, 

Endi urinmasman ko`ngil olishga. 
Titroq ham yo`qoldi, bedorliklar ham, 
Uzun kechalarda uxlarman beg`am. 
Unga baxt tiladim, u menga omad, 
Tinchkina ayrildik aslo chekmay g`am.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1052 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: