19:37 Muhabbat | |
Sadoqat ko`rmagan asli bu yurak, Yurak yolg`izlikning yagona quli. Bo`lganida oliy tuyg`ular ermak, So`lganida oliy orzular guli, To`lganida duv-duv yoshlarga ko`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Men-ku har narsaga chidamas bir jon, Kim uchun shubhali totguvchi nonim. Ulkan davralarda har lahza, har on G`iybat o`rtasida turganda nomim, O`lchanib qolganda har bosgan izim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? Hissiz dema, ko`ksim to`la hissiyot, Yolg`iz dema, yordir yolg`izga Xudo. Ulkan baxtlar va'da qilgan shu hayot Eng kichik baxtdan ham etganda judo, O`zimga ham o`tmay qolganda so`zim, Tashlab ketyapsanmi sen ham, azizim? | |
|
Всего комментариев: 1 | |
| |