01:56 "YIG`LASH KERAK BUNGA KULMOQLIK EMAS" | |
Dunyo bog’ rog’ dedik aslida qafas,
Nahot charchamaslar bu jag’lar javrab, Ayollar fitnaga bo’lsalar sabab Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Zinoyu fahshga yetaklar holat El ichra deyilsa bu oddiy odat Turli serialdan olinsa ibrat Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Oila degandan obro’ yo’qolsa Onalar uyda bosh shaxs bo’lib qolsa, Ota o’z qiziga shim sotib olsa Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Ko’ring bu bechora ota soqovni Toqati tugamish yengolmay g’ovni, Ona zimmasida topish kuyovni Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Ey xotin bormikan ul mayda chuyda Degan odamlar ham ko’p ko’cha ko’yda Bozorda onalar , otalar uyda Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Buxoriy tug’ilgan zaminda bugun Erlarning vazni yo’q, ayollar yupun Birodar bemalol tomoshang nechun??? Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas !!! Nima bo’ldi ahir halqqa, ommaga Hayqirmoq soati keldi hammaga Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas Oddiy tomoshabin bo’lmoqlik emas Ovozi boricha hayqirmoq kerak Haqning kalomiga chaqirmoq kerak Ogohlantirish kerak bu avom halqni To qadriga yetsin muqaddas sharqni Uning sha’ni uchun turib bersinlar Kerak bo’lsa nafsiy jangga kirsinlar Ahli oilaga jonlari fido Ko’paysin to nusrat berguncha Xudo So’nggi xitobimni baribir aytgum Kimgadir sal og’ir bolsa ham sozlar Naslimiz hurmati fitrati toza Ayollarni saqlab qolaylik dostlar Chunki ayollarga bog’liq har narsa Ayol bor oila erur muqaddas Fahsh agar el ichra oddiy hol bo’lsa Yig’lash kerak bunga kulmoqlik emas. | |
|
Всего комментариев: 0 | |