: Xudojon. - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Xudojon.
01:48
Xudojon.
Biron kimsa tushunganmi hech meni,
Eslayverib es qolmadi Xudojon.
Sen ham yuzing burma aybim kech meni,
Sendan bo'lak do'st qolmadi Xudojon.

Umid qildim ko'kka yetib boray deb,
Umidimni gulchechakga o'ray deb,
Baxt gullagan bahoringni ko'ray deb,
Qish qolmadi, kuz qolmadi Xudojon.

Kerak bo'lsa.
Kerak bo'lsa ming yillab kutardim-u,
Kutulmagan yangi so'z bitardim-u,
Balki shunda murodga yetardim-u,
Mengacha bir so'z qolmadi Xudojon.

Yig'lab yig'lab to'kardimu xasratim,
Do'st topolmay ich ichimda asradim,
Yovlarimdan yashirmayman nafratim,
Ko'rishga hech ko'z qolmadi Xudojon.

Dilga kirib olib.
Dilga kirib olib dayus bachchalar,
Qancha dilim qolganini hijjalar,
Yeb bitirdi chog'i shaytonvachchalar,
Menga yurak his qolmadi Xudojon.

Dunyo ekan,
Dunyo ekan harkim har maqsad bilan,
Yasharkanalar kim havas kim hasad bilan,
Men esa bir qupquruq jasat bilan,
Yashashga ham yuz qolmadi Xudojon.
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 2983 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: