01:45 "UNDA GUNOH YO`Q" | |
Yig‘lamayman... sevmayman ortiq,
O‘lgim kelar uni eslasam. Gulim, buncha ayanchli borliq, Shuning uchun ko‘zlarimda g‘am. Men tushundim... hammasi jafo, Bu dunyosi ko‘zidek ertak. Unutmayman, xayr, Bevafo, Menga afsun... shamolga ermak. Gulim, bizni kutmoqda yo‘llar, Buncha g‘amli, iztirobli qish. Yana kelar telba maktublar, Sevmoqlikka yo‘q menda xohish. Shundan beri dunyolar becho‘g‘, Ko‘zlarida qolmishdir baxtim. Gulim, gulim bizda gunoh yo‘q, Unda gunoh yo‘q edi balkim. | |
|
Всего комментариев: 0 | |