: Sog`indim sizni yo rasulolloh.. - 19 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 19 » Sog`indim sizni yo rasulolloh..
23:56
Sog`indim sizni yo rasulolloh..
Hayotim asosi jurmum, fahsh, gunoh,
Qichqirgim keladi osmonga e voh!
Hatto axtaraman tushlarimda ham 
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Dardimni aytarga odam topmadim,
Mehrga sizchalik hotam topmadim.
Izladim rosayam, mudom topmadim
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Yoningizda sokin yursam yetardi,
Yurish tugul bir- bor ko`rsam yetardi.
Sizga faqat boqib tursam yetardi
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Armon yuragimdan ketar to`kilib,
Borsam yoninggizga yetti bukilib.
Yig`lagim kelyapti sizga tikilib
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Rosti sog`inganim bir odamni, bas,
Hatto onamnimas yo otamnimas.
Dunyodagi biron bir odamnimas
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Men o`zi yomonman, lek ummat biling,
Sizning yodingizla salomat biling. 
Arzimasam hamki shafoat qiling,
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.
Buyuk manzilimga yetgim kelyapti,
Dunyodan to`ydim tark etgim kelyapti.
Siz ketgan tomonga ketgim kelyapti
Sog`indim sizni, yo Rasulolloh.....
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 1450 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: