: Sog`inch... - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Sog`inch...
16:41
Sog`inch...
Ovunaman suratingga boqib bir onga,
Ishq berdingmi, ey, allohim menday yomonga.
Ko'zlaringsiz mayus boqar har tong armonga,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat.

Dil azobim, muhabbatim sarob bil mayli,
Jilovlangan g'irotimni xarob bil mayli,
Kimsa so'rmas bu holimni ishq-la til mayli,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Qo'li baland kelar menda hijron azobi,
Yo'qlay olmam lahzalarga bilmoqlik holi,
Titrab turar, lablarimda yurak savoli,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Tanholikka surgun qilib o'zim o'zimni,
Nomalarda bitdim qalbim so'zini.
Ham rostim, ham yolg'onimsan yoshli ko'zimni,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat

Sirlarimni izhor qildim tog'larda sado,
Qatra-qatra yosh ostida cheksiz bir ma'no.
Bu muhabbat ikkimizga atalgan go'yo,
Sog'inganim, sog'inchingni yashirma faqat.
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 3308 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: