: "SIZ MENGA KERAKSIZ !!!" - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » "SIZ MENGA KERAKSIZ !!!"
01:33
"SIZ MENGA KERAKSIZ !!!"
Siz menga keraksiz, mehrga tashna
Borlig'imning sizga zorligi uchun.
Taqdirning ba'zida qahru zulmidan
Dunyoning yashashga torligi uchun.

Siz menga keraksiz, shubhasiz, erkam
Shu issiq nafas-la sezmoqdaman baxt.
Bilaman, bu gardun tashvishlaridan
Yashaymiz goh shodon, gohida karaxt.

Siz menga keraksiz, shifobaxsh suvdek
Ko'ksimda o'smoqda siz ekkan nihol.
Maylida, osmonim bo'lsangiz agar,
Men samo toqida bir tilim hilol.

Siz menga keraksiz, havolar misol,
Ko'krakni to'ldirib yashayman sizga.
Chashmingiz mehridan yasharar hayol,
Daraxtlar kuch olsin yaprog'imizdan.

Siz menga keraksiz, qatra tomchidek,
Misoli qaqragan labda tabassum.
Nur bo'lib singiysiz shabnam tomchidek,
Charaqlab ketadi nursiz ko'zlarim.

Siz menga keraksiz, yashashdek tashna.
Категория: Ramantik Sherlari | Просмотров: 5961 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: