: SIZ KECHDINGIZ.. - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » SIZ KECHDINGIZ..
14:28
SIZ KECHDINGIZ..
Daryo suvin oy baliqlar ichgani yo'q,
Falak sirin hali birov yechgani yo'q.
Gohi ketar eslaganda alam qilib,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.

Har qadamda sevmaganga ko'ngilsiz, yor,
Kech bo'lganda qadrim bilib yig'laaysiz, yor.
Zar azizmi, sevgi aziz bilmaysiz, yor, 
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.

Endi yo'qdir yurakka o't yoqishingiz,
O'ylantirar ammo ma'yus boqishingiz.
Baxtli bo'ling, ginam yo'qdir sizga hargiz,
Siz kechdingiz, dunyo mendan kechgani yo'q.
Категория: armon xaqida shelar | Просмотров: 1031 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: