17:31 SEVISHNING YO'LI | |
Ko'zimdagi kulgu, dildagi dardim
Yuzinga qarashga sig'maydi haddim Seni hayolimda erkalab qaytdim, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan. Ko'rinsang nigohim yerdan uzolmay, Salomlashmoqqa ham jur'at qilolmay. Ketdim azoblanib, yo'limdan qolmay, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan. Sen kelib o'tirding, men turib ketdim, Ko'ksim olov bo'ldi, men kulib ketdim. Ketdim-u bosh egib, oh urib ketdim, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan. Tanxo kezgim kelar ba'zan bog'larni, Qo'llaringni to'yib sho'x sabolardan. Umr adog'ida qolgan chog'larda, Sevishni boshqacha yo'li yo'q ekan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |