: SEVISHIMNI BILMADINGIZ.. - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » SEVISHIMNI BILMADINGIZ..
18:28
SEVISHIMNI BILMADINGIZ..
Nigohlarim ko`zingizga to`qnashganda,
To`lin oy ham yulduz bilan sirlashganda.
Do'stlaringiz men haqqimda so`zlashganda
Nahot sizni sevishimni bilmadingiz?
Nega bir bor sevaman deb aytmadingiz?

Kecha kunduz hayollarim sizni o`ylar,
Dil torlarim faqatgina sizni kuylar.
Meni faqat bittagina savol qiynar,
Nahot sizni sevishimni bilmadingiz?
Nega bir bor sevaman deb aytmadingiz?

Sizni ko`rsam ikki yuzim qizarardi,
Uyalgandan ko`zlar yerga qadalardi.
Sizni ko`rsam ajib ohang taralardi,
Nahot sizni sevishimni bilmadingiz?
Nega bir bor sevaman deb aytmadingiz?

Tun ortidan necha tonglar otar edi,
Hayolimda yorim gullar tutar edi.
Bilmam meni ne sinovlar kutar edi
Afsus sizni sevishimni bilmadingiz
Sevaman deb menga bir bor aytmadingiz.
Категория: armon xaqida shelar | Просмотров: 1472 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: