: SeViB sEvGiLiMdAn AyRiLdIm nEtAy? - 21 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 21 » SeViB sEvGiLiMdAn AyRiLdIm nEtAy?
00:17
SeViB sEvGiLiMdAn AyRiLdIm nEtAy?
Boshimni qaylarga olib men ketay,
Yuragim yig`lsa qandoq ovutay,
Dardimni kimlarga, oh kimga aytay?
Sevib-sevgilimdan ayrildim netay?

Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham,
Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham,
Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham,
Sevib sevgilimdan ayrildim netay?

Hamrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi,
Dardimni do`stimmas tun tinglar edi.
Boshimni sen emas, g`am silar edi,
Sevib sevgilimdan ayrildim netay?

Ko`zimning ham oq-u, qorasi eding,
Qalbimning eng og`riq yarasi eding,
Dunyoda ham borim, ham yo`g`im eding,
Sevib -sevgilimdan ayrildim netay?
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1298 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: