: Sevgi - 18 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 18 » Sevgi
12:35
Sevgi
Avvaliga bir-birlarini tanimas edilar. Ularni sevgi degan g’aroyib kuch topishtirdi. Ular
ana shu kuch sehriga maftun bo’lib qoldilar.
Ajab, Sevgi hech qachon yolg’iz yurmas ekan. Unga Hijron degan alanga ergashib keldi.
Ular ana shu alanga otashida baravar kuya boshladilar.
Nihoyat, Hijron alangasi so’ndi-yu, sevgi Visol degan entiktiruvchi tyyg’uni yetaklab
keldi. Endi ular baxtiyor edilar.
Ajab, Sevgi hech qachon yolg’iz yurmas ekan. Endi I Sinov degan to’siqni yetaklab keldi.
Agar ular Sevgining qo’lidan mahkam tutishganida bu to’siqdan o’tishlari mushkul
emasdi. Ammo bunday bo’lmadi. Ular sinov oldida chekindilar.
O’rtada Shubha, Rashk degan sharpalar o’rmalab qoldi. Shunda ular o’zlarini
topishtirgan Sevgiga ilk bor ta’na toshi otdilar.
Sevgi shunda ham ularni kechirdi. Sabot, Mehr degan kuchlarga oshno qilishga urindi.
Ammo ular Sabotni ham, Mehrni ham unutdilar. O’zlarini topishtirgan Sevgi degan
"yovuz kuch” ga la’nat aytdilar!
Shunda… Ularning qismatiga Xiyonat kirib keldi! Ular Sevgini ayblay-ayblay, oxiri…
ajrashdilar…
Qismat chorahasida esa uchta begunoh go’dak chirqillab qoldi. Besh yashar o’g’il, uch
yashar qizaloq va… yetim qolgan Sevgi…
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 939 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: