: Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol... - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
17:23
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
Sen Julyetta Romeoni o'lmiga sabab,
Sen Laylisan Majnun sen deb cho'llarda harob,
Sen Billura Akmal sen deb forumdan yiroq,
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...

Sening mehringdayin mehr yo'qdur olamda,
Sening qaxringdayin qaxr topilmas zinxor,
Bizni o'z mehringdan qilmagin darig',
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...

Senday go'zal sanam ayt qayda bordir?
Shirin so'zli asal qayt qayda bordir?
Kulib turgin doim, doim-doimo,
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...

Sevasanmi desalar gar jim egasan bosh,
Ne-ne boshni egdirmagan o'shal qalam qosh,
Aytolmayin sevgisini hatto to'kar yosh,
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...

Tabassumla qarshi olib har kunni,
Alla bilan ovutgansan butun dunyoni,
Beshigingni bolish aylab bedor tuningni,
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...

Qorachiqday asrar "qaro ko'zi"ni,
Gohi eriga ham bermas so'zini,
Lek hech qachon hafa qilmas o'zini,
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol...
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 4489 | Добавил: djsheroz | Теги: Sen baribir muqaddassan muqaddas ay | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: