: QIZG`ONDIM... - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » QIZG`ONDIM...
22:11
QIZG`ONDIM...
Ko‘klamni xazondan qizg‘ondim,
Yaxshini yomondan qizg‘ondim.
Sen sira qayg‘uga botma deb,
Orzuni armondan qizg‘ondim.

Ko‘klamim xazonga aylandi,
Yaxshilar yomonga aylandi.
Ko‘zlaring yoshlandi nogahon,
Orzular armonga aylandi.

Sirlarni so‘zlardan qizg‘ondim,
Yurakni muzlardan qizg‘ondim.
Men seni farishtam, jonim deb,
Ming yomon ko‘zlardan qizg‘ondim.

Sirlarim til bo‘lib so‘zladi,
Yuragim muzladi, muzladi.
Qalbimda asragan gulimni
Nahotki, o‘zgalar ko‘zladi.

Hayotni qizg‘ondim g‘urbatdan,
Baxtimni qayg‘udan, kulfatdan.
Jon kabi berkitib ko‘ksimga,
Ko‘zlaring qizg‘ondim zulmatdan.

Hayotim g‘urbatga aylandi,
Shodligim kulfatga aylandi.
Ayovsiz sug‘urib jonimni
Ko‘zlaring zulmatga aylandi.

Visolni vidodan qizg‘ondim,
Alamli nidodan qizg‘ondim.
Men seni bu yer-u samodan,
Hattoki, Xudodan qizg‘ondim.

Alamlar menga yuz burdimi?
Qalbimga qayg‘u in qurdimi?
Ayt, nega ayrildim men sendan,
Bilmadim, yo Xudo urdimi?!
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 1366 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: