: QARAMANG SEVIB QOLASIZ! - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » QARAMANG SEVIB QOLASIZ!
14:37
QARAMANG SEVIB QOLASIZ!
Jilmayib turasiz tikilib tursam,
Shirin so'zlar bilan aldayverasiz,
Bilaman bir qadam uzoqroq ketsam,
O'zga bir go'zalni izlayverasiz

Arazlab qolasiz gar kelmay qolsam,
Jilmayib turaman koyiyverasiz,
Boshim egib qo'ysa ko'zimdagi nam,
Siz esa beparvo kulaverasiz,

Ayriliq qasdida yashayman yig'lab,
Siz buni bilmasdan yashayverasiz,
Bir kuni bir kam dunyodan o'tsam,
Bilaman o'zga birovni izlayverasiz,

Tilda bo'lmasa ham, dilda nomimni
Har lahzada takror aytaaverasiz,
She'rlaring kerakmas deysiz-u, bir kun,
She'rlarim bahona yig'layverasiz,

Sizni sevishimni bir kunmas bir kun,
Dardli ko'zlarimdan bilib olasiz,
O'shanda ko'zimga tikilmang mahzun,
Bo'lmasa chin dildan sevib qolasiz...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1135 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: