: Mittigina Fariwtam... - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » Mittigina Fariwtam...
22:08
Mittigina Fariwtam...
Mittigina farishtam,
Ko'zlaring ko'rmasin nam,
Gullasin har qadaming,
Bilmagin neligin g'am

Baxtdir faqat bilganing,
Quvnab shodon o'ynagin,
Biram go'zal kulganing,
Mittigina farishtam.

Soddagina dilbandim,
Beg'uborim farzandim,
Bor dardimga hamdardim,
Mittigina farishtam.

Qutlug' bo'lsin ayyoming,
Bugun sening bayraming,
Quvnab tinmay yayragin,
Mittigina farishtam.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2148 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: