: "MAYLIDA SIZ FAQAT MENIKI BO`LMANG.." - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » "MAYLIDA SIZ FAQAT MENIKI BO`LMANG.."
01:29
"MAYLIDA SIZ FAQAT MENIKI BO`LMANG.."
Sizni bir ko'rganim yetadi menga,

Maylida erta kech yonimda yurmang.

Yarimta baxtga ham rozi bo'ldim men,

Maylida siz faqat meniki bo'lmang.

Hilolday egilib oyday to'lishdim,

Singan umidlarim bilan sinishdim.

Qirq jonimdan qirqib bo'lishdim,

Maylida siz faqat meniki bo'lmang.

Dardimni yashirib zavqimni aytay,

Qadringiz oshirib qadrimga qaytay.

Qalbimda muhabbat yig'lasa qanday,

Maylida siz faqat meniki bo'lmang.

Sog'inchim chorasiz rashklarim g'anim,

O'ksigan muhabbat yig'layverar jim 

Sizni yana kimdur kutar sevgilim, 

Maylida siz faqat meniki bo'lmang.
Категория: Ramantik Sherlari | Просмотров: 3038 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: