: "LAYLAK QOR" - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » "LAYLAK QOR"
02:02
"LAYLAK QOR"
Xotiralarni qo`zg`ab
Yog`ib berdi laylak qor
Yana esimga tushdi
Ul bevafo go`zal yor

Xo`p ajoyib dam edi
Qorli qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan
Shirin tush ko`rib tunlar

Laylak qor yoqqanida
Uni ilk bor ko`rgandim
Ko`rib uni qalbimda
Sexrli xis tuygandim

U turardi qarshimda
Shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin
Yog`ar edi kuchayib

Men xech ko`z uzolmasdim
Betakror ko`zlaridan
Maftun bo`lib qolgandim
Samimiy so`zlaridan

U juda dilbar edi
Kulib turardi yuzi
Kulgichlarda yashirin
Bor edi shirin nozi

Ilk muxabbatim edi
Ul bevafo go`zal yor
Uchratgandim men uni
Yoqqanida laylak qor

Samimiy suxbatimdan
Zavq olardi bir jaxon 
Uchratmagandim avval
Bundayin shirin zabon

Qo`l ushlashib yurardik
Bog`lar ichra ikkimiz
Xayolimda bir umr
Buzilmasdi sevgimiz

Sirdoshim edi tanxo
Ul bevafo go`zal yor
Tanishgandim u bilan
Yoqqanida laylak qor

Kozimizga tikilib
Tinmay suxbat qurardik
Yoz oylari qirg`oqdan
Chig`anoqlar terardik

Axtu paymon qilgandik
Ul bevafo yor bilan
Qasam xam ichgan edik
Oppoqqina qor bilan

Tunlari uxlamasdan
O`ylab chiqardim uni
U aslo sevmas ekan
Sezmas ekanman buni

Afsus mani tark etti
U bevafo go`zal yor
Sevgan edim man uni
Yoqqanida laylak qor.....

Категория: Ramantik Sherlari | Просмотров: 6650 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: