: KELMADI.. - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » KELMADI..
01:23
KELMADI..
Kutdim, hayolimning pinjiga o`rab,
Umidni bag`rimga bosib o`tirdim.
Qishning quchog`ida osmonga qarab,
Tuproq xaqida she`r yozib o`tirdim.

Kutdim xar qayoqdan qarog`in izlab,
Yo`llarga nigohim hadiya etdim.
O`zimni sen dedim, sog`inchni sizlab,
Qiynog`im birgina xudoga aytdim.

Nim tabassum qildim soniyalarga,
Menga ushshoqiylar baxti kulmadi.
Kutmayman dedim-u devona qalbga,
Kipriklarim bilan kutdim. Kelmadi.
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 1532 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: