: JAVOB BER YURAK... - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » JAVOB BER YURAK...
01:21
JAVOB BER YURAK...
Kechir, yuragimni aldayolmadim,
Bedoru xastani aldamoq abas.
O’tmish xayolimni haydayolmadim,
Endi yolg‘izgina zohidlik havas. 

Hayot nedir, nedir haqiqat?..
Savollarga ko‘mar yuragim.
O’zing ayt deb so‘rama faqat,
Shudir sendan bitta tilagim... 

Bu dunyo nimadir, omonat nima?!
Va’dami yoki bir va’dali iymon...
Unda omonatga xiyonat nima?!.
Xiyonat – va’dani unutmoq, inon... 

Hayot nedir, foniy dam nechun?..
Yana sendan so‘rayman takror.
Sen qaydasan, endi sen uchun,
Javob berar yuragim bemor... 

Kechirgin sensizin yashay olmadim,
Kamalak dunyo ham qalbimga qafas.
O’zganing dilini g‘ashlay olmadim,
Xayolimda isming, kezar har nafas. 

Hayot nedir, nedir haqiqat?
Javob berasanmi yuragim?
Indamasang sen ham beshafqat,
Yurak bo‘lasan-ku keragim...
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 1497 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: