: Daftarim chetida. - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » Daftarim chetida.
18:34
Daftarim chetida.
Daftarim chetida g’alat hoshiya; 
Eslay ololmayman nega qo’yganim. 
Bir quvnoq kunimdan balki xotira? 
Balki belgisidir ilk bor sevganim? 

Balki do’stlarimning achchiq hazilin, 
Hazm qila olmay qo’yganman uni? 
Balki hayotimning silsilasini, 
Yozgartirmoq bo’lgan maqsadim kuni? 

Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib, 
Hayotdan to’yganim nishonidir u? 
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib, 
Ifodalab qo’ygan bir ajib tuyg’u? 

Daftarim chetida bu g’alat chiziq. 
Ne bo’lsa ham uni eslab yuraman. 
Shirin orzularim ro’yosin tuzib, 
Faqat baxtdan deya umid qilaman
Категория: armon xaqida shelar | Просмотров: 853 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: