: CHIN DO`ST... - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » CHIN DO`ST...
01:25
CHIN DO`ST...
Diling yara malxam bo'lmadi. 
Omad ketib yana kelmadi... 
Tana boshqa darding.bilmadi. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga !!! 

Ishing tushdi nomardga faqat 
Dard ortidan kelaverdi dard. 
Yolg'iz o'zing qilolmay toqat. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga!!! 

Kim ham sening dardingni tinglar. 
Najot so'rab nigohing ingrar. 
Yiqilganda qo'lini tutar... 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga!!! 

Topding chin do'st, oyoqqa turding. 
Yonida xo'p kekkayib yurding.. 
Boyib ketding undan yana yuzingni burding. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga!!! 

O'tib ketdi yomon kunlar ham. 
Unutildi qayg'u, alam, g'am. 
Ming quvonding shodon bo'lding ham. 
Muxtoj bo'llding yana chin do'stga!!! 

Tillolar ko'rindi ko'zingga. 
Jirkanch niqob kiyding yuzingga. 
Afsus keyin kelding o'zingga. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga!!! 

Kamu ko'stsiz bo'ldi ham baxting. 
Ortib kelib go'yo omading. 
Afsus lekin anglay olmading. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga!!! 

Qo'ling yetdi goxo osmonga. 
Ko'r bo'lib aylanding nodonga. 
Parvo qilmay yana, tushding qopqonga. 
Muxtoj bo'lding yana chin do'stga.!!! 

Dushmanlarni do'stim deb bilding. 
Do'st yiqildi , ustidan kulding. 
Yana bugun g'aflatda qolding. 
Muxtoj bo'lding yana, chin do'stga!!!
Категория: dust xaqida sherlar | Просмотров: 4144 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: