: BUGUN SIZNI KUTDIM... - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » BUGUN SIZNI KUTDIM...
14:29
BUGUN SIZNI KUTDIM...
Bugun sizni kutdim, intizor kutdim,
Aytajak gaplarim juda ko'p edi.
Sog'inchni alam bilan ichimga yutdim,
Bunday yashamoqning foydasi nedir.

Bugun sizni kutdim qalbdan, yurakdan,
Har daqiqam go'yo ming yo'ldek o'tdi.
Mehringiz har nedan ko'proq kerakdir,
Ruhim meni tashlab siz tomon ketdi.

Bugun sizni kutdim g'amgin, hokisor,
Sahrolar yomg'irni kutgani kabi.
Sarg'aygan yaproqdek kuchsiz be'mador,
To'zonning azobin totgani kabi.

Bugun sizni kutdim, kutdim Azizim,
Hijron soya kabi ortimdan yurdi.
Ko'p edi qalbimda aytajak so'zim,
Yo'lingizga uzoq-uzoq termulib turdim...
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 642 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: