: Bolalikni eslab.. - 18 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 18 » Bolalikni eslab..
18:38
Bolalikni eslab..
Esimda: har kuni changga belanib,
Sarpoychan g’ildirak surardik tinmay.
O’tardi soatga soat ulanib,
Oxir kun botganin qolardik bilmay.

Yodimda: tuganmas, quyuq paxtazor,
Oralab chekanka qilardik uchin.
To’rt uchlik, besh uchlik ko’sakni yig’ib,
Poylardik qizlarni "siylamoq" uchun.

Hanuz yodimdadir: chor atrof dala,
Boshpana bo’lgudek yo’q edi bir joy.
Osmondan sharillab quygandi jala,
Hamma yoq jiqqa ho’l, kiyim-boshlar loy.

Hozir u damlarni hapriqib yurak,
Eslayman ko’zda yosh, ovozim bo’g’iq.
Mayli, jala quysin, loy bo’lsin, biroq,
Qaytib kelsin o’sha yorqin bolalalik!

Lekin, afsus, o’sha shirin damlardan,
Faqat xotiralar qolibdi hayhot!
Hatto o’shal totli xotiralar ham,
Yillar o’tgan sayin uzilar bot-bot!

Ey, shamol misoli yugurgan yillar!
Aziz xotiramga kelsin rahmingiz..
Yoshligimdan qolgan aziz yodgor bu,
Usiz men uzimni his etgum yolg’iz..
Usiz bu dunyodan ketaman izsiz..
Категория: yowlik xaqida sherlar | Просмотров: 1923 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: