: BEG`UBOR DAVRIM... - 22 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 22 » BEG`UBOR DAVRIM...
18:32
BEG`UBOR DAVRIM...
Umr o`tishi - quyosh botar payt,
Bolalik - men sen uchun bitdim shirin bayt,
Seni juda sog`indim, - deya bir bor ayt,
Men seni sog`indim, beg`ubor davrim...

Bolaligim - bahorim, yuragimdasan,
Har bir aytgan ezgu tilagimdasan,
Qalb gulim yozganda kurtagimdasan,
Bir zum qayt bag`rimga, beg`ubor davrim... 

Bolaligim - ko`zimning qarog`ida xol,
Nima qilay sen tomon talpinsa hayol,
Ta'rifing aytmoqqa zabonimdir lol,
Bahordek maftunkor, beg`ubor davrim...

Bolaligim - bahorim, kelaqol bir bor,
Yo`lingga ko`zlarim zoru intizor,
Vasfinga so`z izlab hayrona Hayotxon,
Shaddod, o`yinqaroq, beg`ubor davrim...
Категория: yowlik xaqida sherlar | Просмотров: 6996 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: