: "ALVIDO" - 26 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 26 » "ALVIDO"
01:51
"ALVIDO"
Alvido, ey xush xayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.

Engim bilan artdim yoshimni,
Ko‘z oldimdan tarqadi tuman.
Endi yurtning gulu toshini
Aql ko‘zi bilan ko‘raman.

Kechagina huv elas-elas
Yulduz mening deya o‘ylardim.
Titroq emas, qaltiroq emas,
Men qaldiroq bo‘lib kuylardim.

Yuzlarimga suv urdi samo,
Seskandimu o‘zimga keldim.
Kimligimni sezdim avvalo,
Keyin hech kimmasligim bildim.

Bu kamolmi yoki zavolim,
Quvradimmi yo qayta undim,
Hayot, sizga yo‘qdir savolim,
Hayot, gapingizga tushundim
Категория: armon xaqida shelar | Просмотров: 4334 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: