: Ajoyib Qiz. - 23 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 23 » Ajoyib Qiz.
14:45
Ajoyib Qiz.
Ajoyib qiz ekan-da,
Qarashlari g‘alati,
Kulib turib yig‘laydi,
Yig‘lab turib kuladi.

She’rlarim sanasiga
Qarab, otashda yongan,
Meni hammadan, hatto
O‘tmishimdan qizg‘ongan.

Ajoyib qiz ekan-da,
Qarashlari g‘alati.
Sevgimas, bu – kasallik,
Tag‘in Xudo biladi.

Ismim aytib uxlagan,
Ismim aytib uyg‘ongan,
Meni hammadan, hatto
Ayolimdan qizg‘ongan.

G‘alatiman o‘zim ham,
Es-hushim yo‘q, g‘alati.
O‘zim – o‘zimdamasman,
Bilmayman – ne bo‘ladi.

Kerak bo‘lsa, bugunim,
Ertamdan ham tonaman.
Uni hammadan, hatto
Xudodan qizg‘onaman.
Категория: xarxel sherlar | Просмотров: 2154 | Добавил: beguborim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: