: sherlar sevgi haqida - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar
Yuduzlarga termulib jonim,
Uzoq-uzoq hayol suraman,
Visolingdan olaman orom,
Ishon yolg'iz seni sevaman.
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1656 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Ko'zlarim ko'r bo'lsa, ko'rmasdim seni,
Yuragim tosh bo'lsa, sevmasdim seni,
Mayli xijron azobi qiynasin meni,
O'lsam ham baribir sevaman seni!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1636 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Muxabbat yondirdi shoir qildi ishq!
Ulgurdim to'rt qator misra, yozishga
Gumonlar salvollar, qo'ymas" meni tinch!
Ayting xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
........
Mayus nigoximda ajib tasavvur,
Sevgim aytolmasman yo'l qo'ymas g'urur!
Yashaganim yolg'iz sababi sendur
O'rgandim rost yig'lab yolg'on kulishga!
Aytgin xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga?
..........................
Kunlar. o'tib borar, oylar birma bir,
Angladim yaralganman, faqat kutishga!
Naxot seni ravo kurmas menga bu taqdir?
Ko'zlarim mushtoqdir seni ko'rishga, !
Aytgin xaqim yo'qmi baxtli bulishga?
Ertakga ishonib xayollar surdim,
Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,
musaffo osmonım shamolın kestım,
Men o'zimdan qochdim o'zimdan bezdim!
Xech narsa arzimas dilni ezishga
Aytgin xaqqim yo'qmi baxtli bo'lishga
bu dunyo tuzillgan bo'lib, biri kam!
men ketsam yo'qligim bilinmas xecham,
senga baxt tilayman guzalim erkam
kelganlar maburdur yana ketishga!
faqat sen xaqlisan baxtli bo'lishga
Izlamayman boshqadan, senda ul nigox!
Niyatim seni baxtli ko'rish, guvoxim ollox
Mayli birga bo'maylik topgansan xamrox
Bu tilim ojizdir bir so'z deyishga,
Faqat sen xaqlisan baxtli bo'lishga 
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1673 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Bugun yana oldim qo'limga qalam,
Siz uchun sherlarim yozaveraman.
Sevmasligingiz menga qilsada a'lam,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Ko'rib qolsam sizni uzoqdan nogox,
Telbadek tikilib turaveraman.
Gar sizni sevishim bo'lsada gunox,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Mayli meni do'st deb, o'zgani suying,
Netay dilim kuyib yuraveraman.
O'zgani ishqida bir umr kuying,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Sevganim bor deb aldamang zinxor,
Rashk o'tida doim yonaverman.
Bilaman ko'nglizda o'zga yor bor,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Bugun tan beraman o'zim sabrimga,
Sizni kutib, sabrla yashayveraman.
Mayli xecham yetmang mening qadrimga,
Shunda ham men sizni sevaveraman...!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1564 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Yana o'sha alam, o'sha iztirob,
Hijron qo'llarida bo'ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko'zdagi yoshim,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig'mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O'zga yor qo'liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o'zingizni,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg'on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.

Baxtingiz tilashdan yo'q o'zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig'larman, yig'larman, yana yig'larman.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 776 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Mana, kunlar o'tar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana ko'rarmikanman?..

Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Do'stga do'stman doim sotib ketguncha,
Xayollar to'zg'iydi toki o'tguncha
Seni yana ko'rarmikinman?..

Tuyg'ularim yig'lar, qoladi g'ijim,
Dardu balolarga g'amhona ichim,
Xayotimda kutgan so'ngi ilinjim-
Seni yana ko'rarmikinman?..

Qo'ng'iroq chaladi umr karvoni,
Boshlaydi hayollar ajib g'avg'oni,
Tinglayman ko'nglimda yashar navoni-
Seni yana ko'rarmikinman?..
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 861 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,
Gohiga bir o'pib jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!!
Sensiz yashab kelgan yana yashaydi.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 849 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Sen yo'q, bir kun qadring bilinar,
Sen yo'q, yurak bag'rim tilinar.
Mendan yiroq ketmagin gulim,
Vaslingga zor etmagin gulim.

Sirli nigoh bo'lmas sen kabi,
Nurli nigoh bo'lmas sen kabi,
Senga mushtoq bo'lmas men kabi,
senga mushtoq bo'lmas men kabi.


Sog'inganda quchoq ochib kel,
Dilga hushbo'y atring sochib kel.
Yuragimga nurday oqib kel
Mendan yiroq ketmagin gulim
Vaslingga zor etmagin gulim.

Sen yo'q bir kun qadring bilinar
Sen yo'q yurak bag'rim tilinar...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 723 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Xotiralarni qo'zg'ab yog'ib berdi laylak qor
Yana esimga tushdi ul bevafo go'zal yor
Ho'p ajoyib dam edi qorli quroli kunlar
Masrur edim baxtimdan shirin tush ko'rib tunlar

Laylak qor yog'ganida uni ilk bor ko'rgandim
Ko'rib uni qalbimda sexrli xis tuygandim
U turardi qarshimda shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin yog'ar edi kuchayib

Men xech ko'z uzolmadim betakror ko'zlaridan
Maftun bo'lib qolgandim samimiy so'zlaridan
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi
kulgichlarda yashirinch bor edi shirin nozi

Ilk muxabatim edi ul bevafo go'zal yor
Uchratkandim men uni yog'ganida laylak qor
Samimiy suxbatidan zavq olardim bir joxon
Uchratmagandim aval bundayin shirin zamon

Qo'l ushlashib yurardik bog'lar ichra ikkimiz
Xayolimda bir umur buzilmasdi sevgimiz
Sirdoshim edi tanxo ul bevafo go'zal yor
Tanishgandim u bilan yog'ganida laylak qor

Ko'zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik
Yoz oylari qirg'oqdan chig'anoqlar terardig
Axti paymon qilgandik ul bevafo yor bilan
Qasam xam ichganedik opoq nafis qor bilan

Tunlari yxlamasdan o'ylab chiqardim uni
U aslo sevmas ekan sezmasekanman buni
Afsus meni tark etidi ul bevafo go'zal yor
Sevgan edim men uni yog'ganida laylak qor

Ko'rdim boshqasi bilan yurardi bevafo yor
Samodan esa tinmay yog'ar edi laylak qor
Xotiralarni qo'zg'ab yana yog'di laylak qor ... Читать дальше »
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2982 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Avvaliga bir-birlarini tanimas edilar. Ularni sevgi degan g’aroyib kuch topishtirdi. Ular
ana shu kuch sehriga maftun bo’lib qoldilar.
Ajab, Sevgi hech qachon yolg’iz yurmas ekan. Unga Hijron degan alanga ergashib keldi.
Ular ana shu alanga otashida baravar kuya boshladilar.
Nihoyat, Hijron alangasi so’ndi-yu, sevgi Visol degan entiktiruvchi tyyg’uni yetaklab
keldi. Endi ular baxtiyor edilar.
Ajab, Sevgi hech qachon yolg’iz yurmas ekan. Endi I Sinov degan to’siqni yetaklab keldi.
Agar ular Sevgining qo’lidan mahkam tutishganida bu to’siqdan o’tishlari mushkul
emasdi. Ammo bunday bo’lmadi. Ular sinov oldida chekindilar.
O’rtada Shubha, Rashk degan sharpalar o’rmalab qoldi. Shunda ular o’zlarini
topishtirgan Sevgiga ilk bor ta’na toshi otdilar.
Sevgi shunda ham ularni kechirdi. Sabot, Mehr degan kuchlarga oshno qilishga urindi.
Ammo ular Sabotni ham, Mehrni ham unutdilar. O’zlarini topishtirgan Sevgi degan
"yovuz kuch” ga la’nat aytdilar!
Shunda… Ularning qismatiga Xiyonat kirib keldi! Ular Sevgini ayblay-ayblay, oxiri…
ajrashdilar…
Qismat chorahasida esa uchta begunoh go’dak chirqillab qoldi. Besh yashar o’g’il, uch
yashar qizaloq va… yetim qolgan Sevgi…
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 937 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 13 14 15 16 »