: sherlar sevgi haqida - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная sevgi haqda sherlar
Seni sevaman deb qarmoq tashlaydi,
Gohiga bir o'pib jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman desa ISHONMA!!!
Sensiz yashab kelgan yana yashaydi.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 663 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Kulgingizga ko'ngil tushdi
Bir jilvani qizg'onmang yor.
Bizni o'tga tashlab qo'yib,
Bir chekkada quvonmang yor.
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 537 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Tashvishingiz qay niyatga bog'liq jonim,
Ishq degani qanday azob og'riq jonim.
Yuragimning bir joylari dog'lik jonim
Qizg'onaman sizni yomon qizg'onaman.

Muhabbatning ko'zlari ko'r, ko'zlari nam,
Sizga aytar bizga aytar so'zlari kam.
Yo'qlamaysiz qilar alam, qilar alam,
Qizg'onaman sizni yomon qizg'onaman
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2416 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik
Rayhon hidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima deb
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et ey yor
Nur tomsin lablaring sohillaridan
O'zing ayt senday qiz yana qayda bor
Kipriklari uzun kokillaridan
Iymanib yashama hayol pinjida
Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda
G'iybatlarga chida tuxmatga chida
Sen axir bittasan yorug' olamda
Men esa oshig'ing sening eng g'arib
Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi
Seni yoningda ham seni axtarib
Seni yoningda ham seni kutguvchi
Ista tiz cho'kaman hozir oldingda
Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun
Barcha farishtalar sening qalbingda
Ijaraga turgan qizlar men uchun
Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2581 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Laylim sado bergin izlaring qayda,
Oromim berkingan ko'zlaring qayda?
Yuragim olovda, qo'llarim mayda
Sog'indim, senchi yod etasanmi hech?

Ko'zimdan yosh bo'lib oqmoqda sog'inch,
Bag'rimga tosh bo'lib botmoqda sog'inch,
O'tdan olib suvga otmoqda sog'inch,
Sog'indim, senchi yod etasanmi hech?

Meni devonadan farqim qolmadi,
Visolingdan o'zga dardim qolmadi.
Sensiz ishq yurtida qadrim qolmadi,
Sog'indim, senchi yod etasanmi hech
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 571 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Yo'lingda ko'zlari tolgan men o'sha,
Umrbod seni deb qolgan men o'sha.
jonim poyondozdek solgan men o'sha,
Aytgin mendan yana ne istarsan???

Poyingda yig'lasa tilagim zorim,
O'lmayin qolguncha balki darkorim.
Borlig'im baxshida senga dildorim,
Aytgin mendan yana ne istarsan???

Dunyo go'zalligi ko'zi qoshingda
Oshiq qalb ila jon tog' taloshimda
jonim jon saqlasa har qaroshingda,
Aytgin mendan yana ne istarsan
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 538 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Soyam kabi yaqinsan tutolmayman hech
Haydasang ham yoningdan ketolmayman hech
Visolingga zorman yetolmayman hech
Sevaman jondan netay kecholmayman hech

Soya bo'ldim qo'ymadim, ko'zlaringga to'ymadim,
O'zga yorni suymadim, suyolmayman hech.
Yonginangdan jilmadim, sevgim izhor qilmadim,
Ko'nglinda ne bilmadim, bilolmayman hech...
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 1642 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Bir lahza gar yonimda qolsang,
Dunyo bilan mening ishim yo'q.
Ko'zlaringda cho'kdim begumon,
Daryo bilan mening ishim yo'q.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 795 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Любовь-это когда ты хочеш взять человека не в свою пастель.......а в свою жизнь........!!!
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 557 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

Sevgi bu olloxdan aziz inoyat,
Uni xor qilmoqlik kata jinoyat.
Siz menga, men sizga buyuk omonat,
Oramizda bo’lmasin sira hiyonat.
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 2045 | Добавил: djsheroz | Дата: 18.07.2014 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 11 12 13 14 15 16 »