: Seni yana ko'rarmikinman?.. - 18 Июля 2014 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2014 » Июль » 18 » Seni yana ko'rarmikinman?..
12:48
Seni yana ko'rarmikinman?..
Mana, kunlar o'tar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana ko'rarmikanman?..

Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Do'stga do'stman doim sotib ketguncha,
Xayollar to'zg'iydi toki o'tguncha
Seni yana ko'rarmikinman?..

Tuyg'ularim yig'lar, qoladi g'ijim,
Dardu balolarga g'amhona ichim,
Xayotimda kutgan so'ngi ilinjim-
Seni yana ko'rarmikinman?..

Qo'ng'iroq chaladi umr karvoni,
Boshlaydi hayollar ajib g'avg'oni,
Tinglayman ko'nglimda yashar navoni-
Seni yana ko'rarmikinman?..
             
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 870 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: