: Doniyorning - фотографии - Фотоальбомы - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН Яндекс.Метрика
Главная » Фотоальбом » фотографии » Doniyorning

Doniyorning

Onangiz osmonda, Oyning qizisiz,
Otangiz bermaydi , Boyning qizisiz.
Menga to'g'ri kelmas joyning qizisiz,
Kechiring meni , meni kechiring.

Sizda gunox yo'g'u - menda gunox yo'q,
Taqdirning izmida , bizga panox yo'q.
Mendek sizga yaqin, mendek yiroq yo'q,
Kechiring dilbarim , meni kechiring.

Tunlari uyg'onib cho'chib ketaman,
Qaldirg'och bo'ynidan quchib ketaman.
Sizdan yiroqlarga ko'chib ketaman,
Kechiring ey yor meni kechiring.

Bu aro yo'llarda sarson bo'laman,
Kuzakda to'kilib xazon bo'laman.
Sevgisiz shunchalik arzon bo'laman,
Kechiring lobarim , meni kechiring.

Tengingni top degan onam xaq ekan,
Ota-ona bazan o'jar xalq ekan.
Sevgi kimga shirin-u kimga achchiq ekan.
Kechirgin ey yorim meni kechirgil
В реальном размере 615x664 / 81.6Kb
670 0 0.0

Добавлено 18.07.2014 djsheroz

Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: