: Yurakdan ismingni o'yib tashladim - 20 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 20 » Yurakdan ismingni o'yib tashladim
17:58
Yurakdan ismingni o'yib tashladim
Men bugun armonlar eshigin yopdim 
Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim 
U yerdan yurmasin xech qachon xech kim 
Yurakdan ismingni o'yib tashladim 

Visol onlarini o'chirdim vaqtdan 
Sevgi sharobini to'kib tashladim 
Yurakka sabrni so'radim xaqdan 
Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim 

Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar 
Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda 
Endi kunlarimda botmas kechalar 
Xatto soyang qolmas biron izimda 

Tinch qo'ydim, alamni xaydab yubordim 
U sening alaming yolg'iz seniki 
Xijronning ko'zlarin o'yib yubordim 
Kutib ol xijron xam seniki 

Men qaddim tikladim qadrim sinmagan 
Yurakka nafratni yozib o'rgatdim 
Xech qanday tuyg'uga boshin egmagan 
ALVIDO so'ziga xaykal o'rnattim ......
Категория: sherlar sevgi haqida | Просмотров: 916 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: