: Xatolaring kerak ularga (Abdulla Oripov she'ri) - 20 Февраля 2017 - SEVGI HAQIDA SHERLAR ONLAYN ОНЛАЙН
Главная » 2017 » Февраль » 20 » Xatolaring kerak ularga (Abdulla Oripov she'ri)
18:56
Xatolaring kerak ularga (Abdulla Oripov she'ri)

Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.

 

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni ular kutarlar.

 

Xatolaring kerak ularga,
Shox  navdangni darhol butarlar 
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni ular kutarlar.

 

Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni ular kutarlar.

 

Ular senga bir umr yo'ldosh, 
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni ular kutarlar.



1991 yil

Категория: ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI | Просмотров: 2070 | Добавил: djsheroz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: