18:03 Vafosiz chexrangga to'yib olgani | |
Yillar o'tgach kelaman derazang ochib, Jannat yo do'zoxdan bir zumga qochib. Keladi ruxim sog'inchga toshib, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. Ketayapsan suratlarim o'zing bilan ol, Qilgan xiyonatingdan ko'zlar qoldi lol. Kelaman sevgimni qilsangda uvol, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. Bu dunyoda meni ko'rmaysan ishon, O'lganimda qaytaman endi sen tomon. Uchib keladi ruxim izm olgan zamon, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. Qoyil qolmoq joiz qilgan ishingga, Shayton xam xayratda ustunligingga. Kelaman vaqt o'tib shamol singari, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. Allox bergan umrimda yashab o'laman, Tirik xolda yoningga zinxor bormayman. O'laman-u shu onda ortga qaytaman, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. Shukronalik aytaman qutilganimga, Yana bir gunoxdan Alloh saqladi. Bir martta kelaman so'ngra kelmayman, Vafosiz chexrangga to'yib olgani. | |
|
Всего комментариев: 0 | |